1 774
Bosh murabbiylar chempionatning markazlashgan holda davom ettirilishiga qanday qaramoqda?
Xabaringiz bor, kecha Coca Cola Superligasi uchrashuvlari markazlashgan holda o‘tkazilishi haqida rasman e’lon qilindi. Superliga klublari bosh murabbiylari esa bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
Hamidjon Aktamov, “Qizilqum” klubi bosh menejeri:
– Hozirgi sharoitda Superliga uchrashuvlarini markazlashgan holda o‘tkazish – O‘FA va PFL qabul qilgan to‘g‘ri qaror, deb o‘ylayman. Buyog‘iga musobaqani to‘xtatmaslik kerak. Baribir, muxlislar uchrashuvlarni televizor orqali ko‘radi. Shu bois, o‘yinlarni markazlashgan holda o‘tkazish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” klubi bosh murabbiyi:
– Jamoalar hozirgi holatni hisobga olgan holda shunday qarorga kelishdi. Bu esa barchaga ma’qul bo‘ldi.
Baxtiyor Ashurmatov, “Qo‘qon-1912” klubi bosh murabbiyi:
– Superliganing markazlashgan holda, Toshkentda o‘tkazilishi hozirgi vaziyatda qabul qilingan eng to‘g‘ri qaror, deb hisoblayman. Chempionat o‘yinlarining davom ettirilishi, ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun, ham Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlar jamoamiz uchun juda muhim edi. Shu sababli to‘g‘ri qaror qabul qilindi, deya olaman.
AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov:
- Hozirgi sharoitda yuzaga kelgan fors-major holati o‘yinlarni markazlashtirilgan holatda o‘tkazishni taqozo qiladi. Bu aynan qaysidir jamoaga ustunlik taqdim etmaydi. Aksincha, hamma bir xil sharoitda. Markazlashtirilgan formatdagi o‘yinlarda barcha jamoalar neytral maqomida. Aslida o‘yinlarni avvalroq markazlashtirilgan holatda o‘tkazish kerak edi. Shunda taqvimda ham ortiqcha qiyinchiliklar paydo bo‘lmasdi. Terma jamoamiz va Osiyo chempionatiga taraddud ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar jamoasiga manfaati uchun ham yaxshi taraflama xizmat qilardi. Hechdan ko‘ra kech. Ayni damdagi vaziyatdan kelib chiqilsa, markazlashtirilgan variant har taraflama eng ma’qul yechim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...