«Spartak» «Ufa»ning o‘zbekistonlik yarimhimoyachisi Oston O‘runovning transferi haqida rasman e’lon qildi.
Moskvaning «Spartak» klubi «Ufa» bilan yarimhimoyachi Oston O‘runov transferi borasida kelishuvga erishgan. 19 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi moskvaliklar klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
O‘runov O‘zbekistonda Namanganning «Navbahor» va Toshkentning «Lokomotiv» klublarida to‘p surgan. U Superligada jami 55 o‘yinda maydonga tushgan. U O‘zbekistonning turli yoshdagi milliy jamoalariga chaqirilgan, 2019 yilda asosiy jamoada debyut qilgan.
Yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmida «Ufa»ga kelgan futbolchi RPLning 10 o‘yinida maydonga tushdi, hujumkor havbek sifatida harakatlangan futbolchi o‘zining yuqori tezligi va driblingi bilan katta qiziqish uyg‘otdi. Unga Moskva klublaridan tashqari, Yevropa klublaridan ham takliflar borligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
O‘runov yangi jamoasida 20-raqam ostida to‘p suradi. «Spartak» klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlari orqali Oston O‘runovni ommaga tanishtirdi. Tayyorlangan videolavhada O‘runov «Spartak» libosida bo‘lib, post o‘zbek tilida «chiroyli qilamiz» izohi ostida e’lon qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boringРасман: Остон Ўрунов - «Спартак» футболчиси
— TRIBUNA.UZ (@TribunaUz) August 5, 2020
? https://t.co/WHD3HA0dlF pic.twitter.com/kmHzahs8I4
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...