00:05 / 10.08.2020
3 134

Oston O‘runov nima uchun bugun o‘ynamayapti? "Spartak" bosh murabbiyi javob berdi

Oston O‘runov nima uchun bugun o‘ynamayapti? "Spartak" bosh murabbiyi javob berdi
Rossiya premer-ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Spartak" - "Sochi" uchrashuvi boshlandi.
Ushbu o‘yinda o‘zbekistonlik Oston O‘runov qaydnomaga umuman kiritilmadi. Nima uchun bunday bo‘lganini "Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko ikki kun avval jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tgan ekan.

"Biz 2000 yilda tug‘ilgan yosh futbolchi bilan shartnoma tuzdik. Unda koronavirus aniqlangandi, shu bois oxirgi 3 hafta mashg‘ulot o‘tkazmagandi, u jamoamizga seshanba kuni (4 avgust) keldi, uni o‘rganishimiz, u esa jamoani o‘rganishi kerak. Hozirgi vazifamiz - uni asrash va himoya qilish. U kasallikdan keyin katta klubga keldi. Ostonga vaqt kerak. O‘runovga jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqdik".

"Yangi futbolchilar bir nechta joyda o‘ynay olishadi, O‘runov ham yaxshi futbolchi. Birinchi taassurotim quyidagicha: u qobiliyatli va yosh, endi barchamiz birga ishlashimiz kerak. Bizning sxemada u "sakkizinchi raqam", ikkinchi hujumchi, qanot himoyachisi, tayanch yarim himoyachisi sifatida o‘ynay oladi, hozircha aniq bilmaymiz".

"Hozircha bilmayman, ammo yaxshi futbolchiga joy topiladi. Murabbiy ishi shunday: agar futbolchi har hafta mashg‘ulotlarda 11 eng yaxshilar qatoriga kiraversa, unga joy topish kerak. Agar qisqa qilib aytganda. Tushunarliki, pozitsiyalarga, raqibga, balans va hokazolarga qarash kerak", - deydi Domeniko Tedesko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runov nima uchun bugun o‘ynamayapti? "Spartak" bosh murabbiyi javob berdi