“Yuventus” rahbariyati jamoa tarkibini yangilash jarayonida Krishtianu Ronalduni ham sotishga qaror qildi. Avvalroq, jamoadagi kelajagidan xavotir olgan Ronaldu bosh murabbiy Andrea Pirloga qo‘ng‘iroq qilgan va italiyalik mutaxassis portugaliyalik to‘purarga ishonch bildirishini aytgandi.
Vaziyatni kuzatib borayotgan ekspertlar Pirlo jamoani o‘ziga moslab shakllantirayotgani va bu loyihada Krishtianu Ronalduga joy yo‘qligini aytmoqda. Shu bois, Turin klubi eng qimmat maosh oladigan hujumchisini 54 million funt evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.
Shuningdek, Ronalduning agenti Jorje Mendesh ham mijozi uchun yangi jamoa qidirishni boshlab yuborgan. Hozircha, portugaliyalik to‘purarga asosiy xaridor sifatida PSJ tilga olinmoqda. O‘tgan yili Ronalduning o‘zi ham PSJga o‘tish niyatidaligini bildirgan edi.
Krishtianu “Yuventus”ga o‘tganidan buyon A Seriyada 64 ta uchrashuvda 52 ta gol va 17 ta golli pasga mualliflik qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi