13:43 / 27.08.2020
4 764

Arablar ishga aralashdi. Messi misli ko‘rilmagan shartnomaga ega bo‘ladi

Arablar ishga aralashdi. Messi misli ko‘rilmagan shartnomaga ega bo‘ladi
“Manchester Siti” egasi Shayx Mansur Kataloniyani tark etishi kutilayotgan Lionel Messi uchun misli ko‘rilmagan shartnoma tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Garchi bu bitimning moliyaviy tomonlari sir tutilayotgan bo‘lsa-da, boshqa raqobatchilar taklif qilayotgan moliyaviy imkoniyatlardan yuqori bo‘lishi aniq. Yangi shartnoma uch yilga mo‘ljallagan va unda bu muddatdan so‘ng Messi AQSH chempionatida ishtirok etadigan “Nyu-York Siti”ga muammosiz ko‘chib o‘tish imkonini beruvchi band bor.

“Manchester Siti” argentinalik uchun kurashda favorit hisoblanmoqda. Bir tomondan arab shayxlarida kerakli mablag‘ zaxirasi bor. Ikkinchi tomondan esa, Messining “Barsa”da yulduzga aylanishiga katta hissa qo‘shgan Xosep Gvardiola “Manchester Siti”da ham qadrdon shogirdi bilan ishlashni istamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arablar ishga aralashdi. Messi misli ko‘rilmagan shartnomaga ega bo‘ladi