Foto: Getty Images
Argentina prezidenti Alberto Fernandes «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga murojaat bilan chiqdi.
«Siz har birimizning qalbimizdasiz. Biroq sizni o‘z vataningizda to‘p surishingizni ko‘rish baxtidan tobora uzoqlashayotgandekmiz. Bizga o‘yiningizdan rohatlanish baxtini taqdim eting va «Nyuells Old Boyz» klubimizga o‘ting. Bu sizning klubingizdir», — deya mamlakat rahbarining so‘zlarini keltiradi Marca.
Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona»ni tark etish haqidagi qarorini klub rahbariyatiga ma’lum qilgan. Xabarlarga ko‘ra, argentinalik 33 yoshli futbolchiga «Manchester Siti» klubi asosiy da’vogar sanalmoqda.
Avvalroq, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Messi bilan uchrashish uchun Barselonada ekanligi haqida xabar berilgandi. Bugun, 30 avgust kuni Messi klubning belgilangan tibbiy ko‘rigiga tashrif buyurmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi