21:05 / 03.09.2020
2 396

O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Tojikistonni mag‘lub etdi

O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Tojikistonni mag‘lub etdi
O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi. "Lokomotiv" stadionida kechgan uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchishdi.

33-daqiqada Sanjar Qodirqulovning uzatmasidan so‘ng Shahzod Ubaydullayev hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida esa zaxiradan maydonga tushgan Zoir Jo‘raboyev bosh bilan Abduvohid Ne’matov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi.

67-daqiqada Murod Xolmuhammedov mehmonlar darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, g‘alaba golini kiritdi.

O‘zbekiston MTJ – Tojikiston MTJ - 2:1
Gollar:
Shahzod Ubaydullayev 33, - 1:0. Zoir Jo‘raboyev 48, - 1:1.

O‘zbekiston: 12.Abduvohid Ne’matov, 2.Islom Qobilov, 3.IbrohimHalil Yuldashev, 4.Husniddin Aliqulov, 10.Abror Ismoilov (5.Akmal Mozgovoy, 75), 13.Sanjar Qodirqulov (8.Nurillo To‘xtasinov, 64), 15.Murod Xolmuhammedov (21.Iskandar Shoyqulov, 85), 17.Shahzod Ubaydullayev (19.Shohruz Norxonov, 64), 18.Lutfulla To‘rayev, 20.Xojimat Erkinov (7.Quvondiq Ro‘ziyev, 64), 22.Oybek Bozorov (23.Farrux Ikromov, 85).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 6.Oybek Rustamov, 11.Suhrob Berdiyev, .

Tojikiston: 23.Shohruh Qirg‘izboyev, 4.Xurshed Beknazarov (2.Zoir Jo‘raboyev, 46), 5.Manuchehr Safarov, 7.Komron Tursunov (14.Muhammadjon Rahimov, 88), 9.Alisher Jalilov, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Ahtam Nazarov, 20.Amirbek Jo‘raboyev, 21.Manuchehr Jalilov (11.Sheriddin Boboyev, 46), 22.Jahongir Ergashev (15.Umarjon Sharipov, 83), 24.Davronjon Ergashev (25.Vahdat Hanonov, 75).
Zaxira: 16.Qurbonali Babayev, 3.Davlatmir Tabrezi, 6.Xurshed Abdulloyev, 8.Sharafjon Solehov, 12.Ilhomjon Barotov, 13.Alisher Barotov, 18.Tohir Malodustov.

Ogohlantirishlar: Jahongir Ergashev 27, Manuchehr Safarov 42, Abror Ismoilov 68.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Tojikistonni mag‘lub etdi