11:48 / 10.09.2020
2 240

Shomurodovga raqib saralanmoqda

Shomurodovga raqib saralanmoqda
“Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov bu yil ilk bor Yevropa ligasida ishtirok etadi. Rostovliklar nufuzli musobaqani saralashning uchinchi bosqichidan boshlaydi. Qur’a natijasiga ko‘ra, rossiyaliklar bu bosqichda “Makkabi”, “Qayrat” va “Jeleznichar” kabi jamoalardan biri bilan to‘qnash keladigan bo‘lgandi. Endi bu jamoalar bittaga kamaydi.

Turnirning birinchi raundida Isroilning “Makkabi” klubi Xayfa shahrida Bosniyaning “Jeleznichar” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda hisobni mehmonlar vakili Ivan Lendrich ochgan bo‘lsa-da, isroilliklar keyinchalik uchta javob to‘rini kiritdi. Bosniyaliklar darvozasidan joy olgan gollarga Tyaronn Cheri, Nikita Rukavitsa va Yuval Ashkenazi mualliflik qildi.

Endi ikkinchi raundda “Makkabi” Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi bilan to‘qnashadi. 17 sentabr kuni bo‘ladigan bahs g‘olibi keyingi bosqichda “Rostov”ga qarshi to‘p suradi.

Yevropa ligasining biz kutayotgan uchinchi tur uchrashuvlari 24 sentabrga belgilagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovga raqib saralanmoqda