2 358
Shota Arveladze: "Bunday yuqori darajali musobaqada futbolning o‘zini tahlil qilishimiz yaxshiroq bo‘lardi"
"Paxtakor" bosh murabbiyi "Al Hilol" bilan OCHL 3-tur o‘yinidan keyin matbuot anjumanida bahs haqida fikrlarini bildirdi.
- Bunday saviyali musobaqada biz futbolning o‘zi haqida gapirishimiz yaxshiroq bo‘lardi, chunki Osiyoning eng kuchli klubiga qarshi o‘ynadik. Qizil kartochka berilishidan avval to‘p oshirilganda o‘yindan tashqari holat bor edi. Shuningdek, bizning hujum paytida futbolchimizga qo‘pollik ishlatilgandi. Bu judayam og‘riqli. Kiyinish xonasida ularga qarash qiyin.
Afsuski, bunday qo‘pol xatolar judayam og‘riqli. Biz yana qaytamiz. Futboldagi odamlar esa kamroq xato qilishlariga umid qilamiz. Ular qarorlarini o‘zgartirishmoqda, oson follarni berishmoqda. Kimdir ko‘rsatishi bilan qarorlari o‘zgarmoqda. Bunday darajadagi turnirda yuqori saviyali hakamlar bo‘lishi kerak, ammo bu holat bizni xafa qildi.
Bunday darajadagi o‘yinlarda 3-4 imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. Bunga intilish lozim. Lekin bu hali bizning eng yaxshi o‘yinimiz, eng yuqori darajamiz emas. Biz yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olamiz.
Biz oldinga umid bilan boqamiz. Ishimiz futbolchilarni ruhlantirish. Endi bu tarix ekanligini ularga uqtiramiz. Bugungi o‘yin tugab bo‘ldi. Tezroq tiklanib, yigitlarga navbatdagi bellashuv haqida suylaymiz. Oldinda uch bahs kutmoqda. Raqib haqida ma’lum xulosalarga egaman, ammo bu hozircha yon daftarchamda bitilgan. Buni yigitlarga aytaman. Keyingi bellashuvda biz o‘zimiz xohlagandek o‘ynashga harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda