date
views 1 999

OCHL. "Al Hilol" ustozi Luchesku va vingeri Al Dovsari: "Bu o‘yinni yutish uchun diqqatni yo‘qotmasligimiz zarur"

OCHL. "Al Hilol" ustozi Luchesku va vingeri Al Dovsari: "Bu o‘yinni yutish uchun diqqatni yo‘qotmasligimiz zarur"
Bugun "Paxtakor" jamoasi Chempionlar ligasi 4-turi doirasida "Al Hilol"ga qarshi bahs olib boradi.
Riyodliklar bosh murabbiyi Rezvan Luchesku va vingeri Salim Al Dovsarilar o‘yindan oldin nimalar deyishganini keltirib o‘tamiz.

R.Luchesku: "Birinchi uchrashuvni o‘tkazgandan so‘ng raqibimizni mukammal tahlil qildik va endi ikkala jamoa uchun ham texnik jihatlar o‘zgartirilmaydi".
- Biz o‘ynagan 3ta o‘yinimizda 100 foizlik natija qayd etdik, lekin keyingi bosqichga chiqish uchun ko‘p ishlashimiz kerak.

- Ochkolarni yig‘ishda davom etish uchun konsentratsiyani yo‘qotmasligimiz zarur. "Paxtakor" esa juda yaxshi o‘ynagan va bizga muammolar tug‘dirgan ajoyib jamoa.

- Biz ishlashda davom etishimiz kerak. Ko‘zlangan maqsadga erishish va bosimga dosh berish uchun ham ishlashimiz zarur.

S.Al Dovsari: "Biz bahsning muhimligini bilamiz va 3 ochkoni olish uchun ko‘proq e’tiborni jamlashimiz kerak".
- "Paxtakor" ajoyib jamoa, ular bilan ikki kun oldin to‘qnash keldik. Bu o‘yinni yutish uchun ishlashda davom etishimiz kerak.

- Bizda o‘zimizga ishonch bor va biz o‘zimizning sifatlarimizga ishonamiz. "Al Hilol" futbolchisi sifatida oxirigacha borishga va sovrinni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. "Al Hilol" ustozi Luchesku va vingeri Al Dovsari: "Bu o‘yinni yutish uchun diqqatni yo‘qotmasligimiz zarur"