19:49 / 20.09.2020
1 760

«Barselona» prezidenti: «Messining hamon biz bilan birga ekanligi uchun o‘zimni tabriklashim mumkin»

«Barselona» prezidenti: «Messining hamon biz bilan birga ekanligi uchun o‘zimni tabriklashim mumkin»
Foto: Twitter
«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu yozgi transferlar vaqtida Lionel Messi bilan yuzaga kelgan voqeliklarga izoh berdi.

«Men u bilan nizoga borishni istamayman. U bizning sardor va yetakchimiz. Uning maydonda qanday harakat qilishini ko‘rdik. Leoning ketishiga yo‘l qo‘ya olmasdim. Boisi u tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Jamoa esa muhtoj. Tarkibda Messining borligi — muvaffaqiyat kaliti. So‘zimda turmaganim? Sardorimiz bilan qandaydir bahs qilishni xohlamayman. Bunday narsalar uyda muhokama qilinishi kerak. Messining hamon biz bilan birga ekanligi uchun o‘zimni tabriklashim mumkin. Dunyoning eng yaxshi futbolchisi o‘z uyida bo‘lishi kerak», — deydi Bartomeu.

Eslatib o‘tamiz, Messi yozgi transferlar vaqtida «Barselona» bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilishni xohladi. Ammo Bartomeu Messi klubni tark etishi uchun 700 million yevro to‘lanishi kerakligini qayd etib, shartnoma bekor qilinishiga ruxsat bermadi. Leo esa klub bilan sudlashish niyati yo‘qligini e’lon qilib, Kataloniyada qolishini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» prezidenti: «Messining hamon biz bilan birga ekanligi uchun o‘zimni tabriklashim mumkin»