date
views 2 426

Jerar Saragosa: "Biz hali "tirikmiz" va oxirigacha kurashamiz"

Jerar Saragosa: "Biz hali "tirikmiz" va oxirigacha kurashamiz"
Kecha bo‘lib o‘tgan "Shabab Al Ahli" - "Paxtakor" bahsi 0:0 hisobida yakun topdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida dubayliklar bosh murabbiyi Jerar Saragosa quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Maydonda ikkita yaxshi jamoa kurash olib bordi. Dastlabki ikki turdan so‘ng hisobimizda umuman ochko yo‘q edi. Dohaga kelib 7 ochko to‘pladik va hozirgi ahvolimiz ancha yaxshi. Endi bizda ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi.

- Imkoniyatlarni qanday baholaysiz?
- Shuni aytishim mumkin, biz hali "tirikmiz" va imkon bor ekan oxirigacha kurashamiz.

- "Shabab Al Ahli" keyingi turni "Al Hilol"ga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuv haqida nima deya olasiz?
- Har bir bahs qiyin o‘tyapti. "Al Hilol" - kuchli jamoa, bejizga o‘tgan yil OCHL g‘olibi emas. Har o‘yindan oldin ularda koronavirus bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelyapti, lekin jamoa baribir yaxshi o‘ynayapti.

- Jamoangiz "Al Hilol"ga qarshi ijobiy natija qayd etib keyingi bosqichga chiqishiga ishonasizmi?
- Albatta, ishonaman. Ishonch bo‘lmaganida bu yerga kelmasdik. Hozir ikkinchi o‘rin uchun "Paxtakor" va biz kurashyapmiz. Imkoniyatlar esa bir xil. Biz avvalo o‘z o‘yinimizni o‘ylashimiz kerak. "Paxtakor" - "Shahr Xodro" o‘rtasida kechadigan bellashuv esa alohida masala.

- Aziz G‘aniyev avvalgi ikkita bahsda boshlang‘ich tarkibda harakat qilgandi, lekin bugun zaxiradan maydonga tushdi. Buni qanday izohlaysiz?
- O‘yinga belgilangan taktikadan kelib chiqib shunday yo‘l tutdik. Aziz G‘aniyev - yosh va kelajagi porloq futbolchi. Lekin jamoamizda boshqa o‘yinchilar ham borligini unutmaylik. Shu bois G‘aniyev zaxiradan qo‘shildi va jamoaga yordam berishga harakat qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jerar Saragosa: "Biz hali "tirikmiz" va oxirigacha kurashamiz"