23:55 / 03.10.2020
3 271

Maksim Shatskix jamoasiga bir ochko olib berdi

Maksim Shatskix jamoasiga bir ochko olib berdi
Rossiya premer-ligasining 10-turida Oston O‘runovning sobiq jamoasi “Ufa” o‘z maydonida debyutant “Rotor” bilan kuch sinashdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, shu kuni “Rotor”ga O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Maksim Shatskix ustozlik qildi. Volgogradliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevichning salomatligida muammo borligi tufayli jamoani boshqarish katta murabbiy Maksim Shatskix chekiga tushdi.

Ta’kidlash joizki, har ikki jamoaning joriy mavsumdagi o‘yini hech kimni qoniqtirmayapti. “Ufa” yozgi transferlar vaqtida yetakchi o‘yinchilarini sotib yubordi va ularning o‘rniga munosib o‘rinbosarlar topa olmadi. “Rotor”ga esa premer-liga tajribasi yetishmayotgan edi. Yaqinda volgogradliklar tarkibida koronavirus tarqaldi va bu jamoani yetarlicha kuchsizlantirdi. Hatto ikkita uchrashuvda “Rotor”ga texnik mag‘lubiyat yozildi.

Autsayderlarning Ufa shahridagi uchrashuvi teng kurashlar ostida o‘tdi. Har ikki jamoa ham yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadi. Natija o‘yin golsiz durang bilan yakunlandi. Maksim Shatskixning taktik sxemalarini aniq bajargan "Rotor" futbolchilari o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va bir ochkoga ega chiqdi.

- Boshimizga tushgan vaziyat tufayli ko‘p yigitlar optimal formada emas. Biz “Ufa”ga qarshi o‘yinda ochko olishga loyiq o‘yin ko‘rsatdik va bizning vaziyatimizdan kelib chiqib baholasak, shu bir ochko ham biz uchun qimmatli, - dedi Maksim Shatskix.

Ayni paytda “Ufa” olti ochko bilan 15-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, hali birorta g‘alaba qozona olmagan “Rotor” uch ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix jamoasiga bir ochko olib berdi