10:27 / 14.10.2020
4 698

Shomurodovni tunggi soat 12 da "Rostov" ofisiga nega olib kelishgan edi?

Shomurodovni tunggi soat 12 da "Rostov" ofisiga nega olib kelishgan edi?
Sports.ru saytida “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida maqola e’lon qilindi. Biz esa ushbu maqolaning eng qiziqarli joylarini siz aziz muxlislar e’tiboriga havola etishga qaror qildik.

1 oktabr kuni “Jenoa” Shomurodovning transferini e’lon qildi. Tomonlar bunga erishish uchun bir haftadan kamroq muddat muzokaralar o‘tkazdi. A Seriya klubi “Rostov”ga 25 sentabr kuni taklif yuborgan, ammo rostovliklar buni rad etgan. Shundan so‘ng Eldor klub sport direktori Aleksey Riskin va prezident Artashes Arutyunyans bilan shaxsan gaplashgan. 28 sentabr kuni esa “Rostov” uni qo‘yib yuborishga rozilik bildirgan.

Keyingi ikki kun davomida esa klublar shartnoma bandlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. SILA International Lawyers yuridik kompaniyasi hamkori Mixail Prokopes ushbu muzokaralar jarayoni haqida gapirib berdi.

Biz hamma narsani chorshanba kuni yakunlamoqchi edik - hattoki Shomurodovdan “Rostov”ning ofisida bo‘lishini va klublar hamma narsada kelishishi bilan darhol hujjatlarni imzolashni iltimos qildik.

Bir payt hammasi kelishildi, ammo o‘sha payt Shomurodov yo‘q edi - u uxlashga ketgan edi. U va "Rostov" rahbariyati bu transfer tungi soat 12 da amalga oshishiga ishonmagan. Natijada, uni tom ma’noda yotoqdan sudrab kelishdi, u ofisga qaytib keldi va hamma narsaga imzo chekdi
”, - dedi Prokopes.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovni tunggi soat 12 da "Rostov" ofisiga nega olib kelishgan edi?