Sports.ru saytida “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida maqola e’lon qilindi. Biz esa ushbu maqolaning eng qiziqarli joylarini siz aziz muxlislar e’tiboriga havola etishga qaror qildik.
1 oktabr kuni “Jenoa” Shomurodovning transferini e’lon qildi. Tomonlar bunga erishish uchun bir haftadan kamroq muddat muzokaralar o‘tkazdi. A Seriya klubi “Rostov”ga 25 sentabr kuni taklif yuborgan, ammo rostovliklar buni rad etgan. Shundan so‘ng Eldor klub sport direktori Aleksey Riskin va prezident Artashes Arutyunyans bilan shaxsan gaplashgan. 28 sentabr kuni esa “Rostov” uni qo‘yib yuborishga rozilik bildirgan.
Keyingi ikki kun davomida esa klublar shartnoma bandlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. SILA International Lawyers yuridik kompaniyasi hamkori Mixail Prokopes ushbu muzokaralar jarayoni haqida gapirib berdi.
“Biz hamma narsani chorshanba kuni yakunlamoqchi edik - hattoki Shomurodovdan “Rostov”ning ofisida bo‘lishini va klublar hamma narsada kelishishi bilan darhol hujjatlarni imzolashni iltimos qildik.
Bir payt hammasi kelishildi, ammo o‘sha payt Shomurodov yo‘q edi - u uxlashga ketgan edi. U va "Rostov" rahbariyati bu transfer tungi soat 12 da amalga oshishiga ishonmagan. Natijada, uni tom ma’noda yotoqdan sudrab kelishdi, u ofisga qaytib keldi va hamma narsaga imzo chekdi”, - dedi Prokopes. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar