2 559
Vadim Abramov "Navbahor" futbolchilariga: O‘ynagisi kelmasa, maydonga tushib nima qiladi?
Coca Cola Superligasining 21-turidan o‘rin olgan «Navbahor» - «Bunyodkor» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Nima deyishim mumkin? «Navbahor»ni g‘alaba bilan tabriklayman! Biz ham g‘alabaga harakat qilgandik, lekin keraksiz gollarni o‘tkazib yubordik. Birinchi bo‘limda futbol o‘ynadik. Tanaffusdan so‘ng taxminan 15 daqiqa futbol bo‘ldi. Qolgan daqiqalarni asosan yotib olishlarga sarfladik. Lekin ikkinchi bo‘limga atigi to‘rt daqiqa qo‘shib berildi.
O‘ynagisi kelmasa maydonga tushib nima qiladi? To‘g‘ri yutqazdik, muammo yo‘q. Biroq futbol o‘ynash kerak. Muxlislar ham futbol ko‘rgani keladi, yotib olishlarni tomosha qilish uchun emas! Masalan, bugungidek futbol sizlarga yoqadimi? Har to‘qnashuvdan keyin o‘yin to‘xtaydi, yordam ko‘rsatiladi? Tabriklayman, g‘alaba qozondinglar, e’tiroz yo‘q, bu o‘zimizni oqlash ham emas, lekin bunaqa o‘yin futbolimizning foydasiga xizmat qiladimi?
Bugun nega yutqazdik? Shunchaki imkoniyatlardan foydalana olmaslik. Yaratilgan xavfli vaziyatlarni golga aylantirish bo‘yicha tajriba kamligi pand berdi. Vaholanki, imkoniyatlardan foydalanganimizda birinchi bo‘limdayoq hammasini hal qilardik. Ammo unday bo‘lmadi. Aksincha, ikkinchi golni o‘tkazib yubordik, keyin hammasi boshlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi