
69 kg vazn toifasidagi finalchi Javlonbek Yo‘ldoshev jangdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
“G‘alabaga erishish, raqibimdan ustunlik qilish uchun bor kuchim bilan harakat qildim. Lekin hakamlarning qaroriga ko‘ra, mag‘lub deb topildim. Endi uyga borib, xatolarimni ko‘rib chiqaman va o‘z ustimda qattiqroq ishlayman.
Mag‘lub bo‘lganimni bilganimda qilgan mehnatlarim ko‘z oldimga keldi. Keyin ota-onam va murabbiyimni o‘yladim . “Endi ularning ko‘ziga qanday qarayman?” - degan savolni o‘zimga berdim.
Murabbiyim ruhiyatimni tushirmasligimni, endi bor e’tiborimni 2024 yilda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga qaratishim kerakligini aytdi”, - dedi sportchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar