36 yoshli Rafael dos Anos Makgregorni jangga chorladi, Konor unga rozilik berdi

36 yoshli Rafael dos Anos Makgregorni jangga chorladi, Konor unga rozilik berdi
Foto: Twitter
Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Rafael dos Anos (30-13) irlandiyalik yakkakurashchi Konor Makgregorni (22-4) jangga chorladi.
Braziliyalik sportchi Toshkent vaqti bilan 15 noyabr tongida o‘tgan UFC Vegas 14 musobaqasida Pol Felderni (17-6) mag‘lubiyatga uchratdi.

«Chempionlik jangi uchun keyingi navbatda turgan bilan bellashishni xohlayman. Agar Habib haqiqatda faoliyatini tugatgan bo‘lsa, u holda bizning divizion ochiq qoladi.

Agar haqiqatga qaraydigan bo‘lsak, faqat men va Konor haqiqiy chempionlarmiz, qolganlar esa faqat vaqtinchalik bu unvonga ega bo‘lgan. Bizning jang ahamiyatga ega
», — deydi dos Anos.

O‘z navbatida ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor ham uning chorlovini qabul qildi.

«Birinchi navbatda Jastin, biroq chorlovni qabul qilishga tayyorman. Klassikani yodga olamiz», — deya yozadi Konor.
Makgregor 23 yanvar kungi UFC 257 musobaqasida Dastin Poryega (26-6) qarshi jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning martida Konor va dos Anos o‘rtasida jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq Rafaning jarohati sabab bu jang bekor bo‘lgandi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar