Marat Bikmayev: Bunday sovuqda qancha yugursangiz ham oyoq muzlab qoladi

1 daqiqa o'qish2.5K
Marat Bikmayev: Bunday sovuqda qancha yugursangiz ham oyoq muzlab qoladi
Bugun AGMK darvozasiga ikkita gol urgan "Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmayev o‘yindan so‘ng klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Marat, g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yinni zaxiradan boshlash sizning kayfiyatingizga ta’sir qilmadimi? Maydonga tushishingizdan oldin murabbiylar sizga nima dedi?
- Nega ta’sir qilarkan? O‘yinni asosiyda boshlaymanmi yoki zaxirada farqi yo‘q, kayfiyat yuqori nuqtada bo‘ladi. Murabbiylar shtabi menga alohida vazifalar yukladi. Biz hujumdagi faollikni oshirib, bosim qilishimiz kerak edi. Umuman olganda, natijadan mamnunman. Qiyin bo‘ldi, biroq jamoa o‘yinning borishini o‘zgartira oldi. O‘yinni foydamizga yakunlashga qattiq urindik va bunga erishdik.

- Sovuq qorli havo o‘yinning borishiga ta’sir qildimi?
- Albatta! Bunday sovuqda qancha yugursangiz ham oyoq muzlab qoladi va chiroyli o‘yin ko‘rsatish qiyin bo‘ladi. "Loko"da ham AGMKda ham shunday bo‘ldi. Biroq ob-havodan nolib bo‘lmaydi. Qorda o‘ynash qiyinmi? Qiyin! Biroq professional futbolchilar barchasini to‘g‘ri qabul qilishi kerak.

- O‘yinga otangiz kelgani qo‘shimcha motivasiya berdimi?
- Otam kichkinaligimdan har bir qadamimni kuzatib boradi. U meni qo‘llab-quvvatlagan barchadan ustun. Otam men bilan nafaqat uy o‘yinlarida, balki boshqa shaharlariga ham boradi. Undan barchasiga minnatdorman. Bugungi gollarimni unga bag‘ishlayman.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?