Tribuna.uz sayti manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida faoliyat olib borayotgan bir qator bosh hakamlar Superliga o‘yinlari natijasiga atayin ta’sir ko‘rsatish, uchrashuv oldidan klub vakillari bilan aloqaga chiqib, o‘yinda jamoaga yordam berish masalasida kelishish, pora olish kabi qing‘ir ishlarga qo‘l urishda gumon qilinmoqda.
Vaziyatdan xabardor manbaning aytishicha, bir necha yildan buyon Superliga o‘yinlarini boshqarib kelayotgan va tamagirlikda gumon qilingan hakamlar va shaxslar so‘nggi ikki yil davomida huquq-tartibot idoralari tomonidan kuzatib kelingan. To‘plangan dalil va isbotlar asosida gumondorlar so‘roq qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan milliy chempionat va kubok o‘yinlariga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Hakamlar departamenti tomonidan hakam va nazoratchilar tayinlanadi.
Tekshiruvlar yakuniga yetgach, bu haqda to‘liq rasmiy ma’lumotlar berilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi