20:29 / 21.11.2020
3 534

Autdan gol urgan Denisovga bu o‘yin qimmatga tushdi

Autdan gol urgan Denisovga bu o‘yin qimmatga tushdi
Rossiya Milliy futbol ligasida “Tom” sharafini himoya qilayotgan Vitaliy Denisov 23-turda “Spartak-2” jamoasiga qarshi Moskvadagi o‘yinni oxiriga yetkaza olmadi.

Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida uning autdan otgan to‘pini mezbonlar darvozaboni Timur Akmurzin ushlab qolishga harakat qilgandi. Darvozabon qo‘lidagi to‘p bilan darvoza ichiga yiqildi. Garchi bu avtogol sifatida qayd etilgan bo‘lsa-da, unda o‘zbekistonlik himoyachining xizmati katta bo‘ldi.

Denisov o‘yinning qolgan daqiqalarida ham juda faol o‘ynadi. Biroq, uchrashuvning yigirmanchi daqiqasida noqulay yiqilishi oqibatida sonining orqa mushaklari shikastlandi. Vitaliy o‘z o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi.

Mutaxassislar Denisov tomskliklar uchun katta yo‘qotish ekanini aytmoqda. Chunki “Tom” ligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashmoqda va hamyurtimizning xizmatiga katta ehtiyoj sezyapti.

“Spartak-2” qarshi uchrashuv o‘zbekistonlik futbolchi uchun qimmatga tushgan bo‘lsa-da, jamoasi 2:1 hisobida zafar quchib, qimmatli uch ochkoga ega bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Autdan gol urgan Denisovga bu o‘yin qimmatga tushdi