Rossiyalik futbol agenti Aleksandr Manyakov zamonaviy futboldagi hujumchilar masalasiga oid fikrlarini bildirdi. Jurnalistlar undan Eldor Shomurodovga qiziqqan rus jamoalari nega uni qo‘ldan chiqargani haqida so‘radi.
- Butun dunyoda yaxshi hujumchiga talab katta. Moliyaviy tomondan baquvvat klublar o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun sinovdan o‘tgan va o‘zini ko‘rsatgan forvardlarga xaridor bo‘ladi. Chunki yangi nomlarni olib, kuyib qolish ham mumkin.
Qishki transferlar vaqtida ham saviyasi baland hujumchilarning bozori chaqqon bo‘ladi. Shunga qaramay, hozir jamoalar tarkibi shakllanib bo‘lganini inobatga olsak, klublar bo‘sh nuqtalargagina futbolchini taklif qilishi mumkin.
“Dinamo” va SSKA kabi klublar o‘z tarkibida ko‘rishni istagan Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tib ketgani haqida shuni aytishim mumkinki, bozor o‘z qoidalarini o‘tkazadi. Shomurodov transferi hal bo‘layotgan pallada Rossiya klublari moliyaviy masalada “Jenoa”ga yaqinlasha olmagan. Ularning taklifi futbolchiga ham, klubga ham ma’qul kelgan, - dedi Aleksandr Manyakov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi