19:05 / 01.12.2020
3 007

OFK so‘rovnomasida o‘zbek klubi g‘olib bo‘ldi. Yana bir vakilimiz kuchli uchlikda!

OFK so‘rovnomasida o‘zbek klubi g‘olib bo‘ldi. Yana bir vakilimiz kuchli uchlikda!
OFK Markaziy Osiyo mintaqasining eng mashhur jamoasini aniqlash borasida so‘rovnoma o‘tkazayotganligi haqida xabar bergan edik. Ushbu jarayon bugun yakunlandi.

Unga ko‘ra, "Nasaf" klubi umumiy ovozlarning 28 foiziga ega chiqib, muxlislar tomonidan Markaziy Osiyoning eng mashhur klubi sifatida e’tirof etildi. Ikkinchi o‘rin Qirg‘iziston vakili "Alay" jamoasiga nasib etdi. Ular 20 % ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

E’tiborli jihati, kuchli uchlikka yana bir o‘zbek klubi yakun yasagan. Bir necha kun avval Superliga chempionligini nishonlagan "Paxtakor" 17 % ovoz bilan 3-pog‘onani egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK so‘rovnomasida o‘zbek klubi g‘olib bo‘ldi. Yana bir vakilimiz kuchli uchlikda!