"Rubin" "Spartak" safida to‘p surayotgan hamyurtimiz Oston O‘runovga qiziqish bildirmoqda. "Biznes onlayn" manbasiga ko‘ra, qozonliklar 19 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha moskvaliklarga rasmiy taklif yubordi.
"Rubin" O‘runovning transferini yanvardayoq amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Avgustda "Ufa" dan "Spartak" ga transfer qilingan Oston klub bosh direktori Shamil Gazizov bilan bog‘liq vaziyat sabab, yarim mavsumdan so‘ng poytaxt klubini tark etishi mumkin.
O‘runovning transferi qozonliklar uchun 2 million yevroga tushishi mumkin. Joriy mavsumda yarim himoyachi "Spartak" safida RPLda oltita o‘yinda maydonga tushib, golli vaziyatlarda ishtirok etmadi.
Ammo klub rahbariyatining O‘runovni transfer qilish rejasi mahalliy muxlislarga ma’qul kelmayapti va ular yarim mavsum oldin xarid qilinib, uzoq vaqtli shartnoma imzolagan iqtidorli futbolchini sotib yuborish emas, ijaraga yuborish to‘g‘ri variant bo‘lishi haqida ta’kidlashmoqda.
"Rubin" o‘zbek futbolchilari uchun begona klub emas. 2019 yilda O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov qozonliklar safida yarim mavsum to‘p surgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi