Foto: Getty Images
«Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra 2020 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
34 yoshli futbolchi 320 ochko to‘plagan holda reytingning birinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. Keyingi o‘rinda «Atletiko» posboni Yan Oblak (40 ochko) qayd etilgan bo‘lsa, «Liverpul» kiperi Alisson (30) kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Shuningdek, Tibo Kurtua («Real», 15 ochko), Mark-Andre ter Shtegen («Barselona», 10), Kasper Shmeyhel («Lester», 5), Keylor Navas (PSJ, 5) va Samir Handanovich («Inter», 5) kabi darvozabonlar ham ro‘yxatdan joy olgan.
Shu tariqa Noyer ushbu sovrinni beshinchi marta qo‘lga kiritgan holda, bu borada Iker Kasilyas va Janluiji Buffonga tenglashib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Noyer 2020 yilda «Bavariya» safida Bundesliga, Germaniya Kubogi, Chempionlar Ligasi va UYeFA Superkubogida zafar quchdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi