09:30 / 07.12.2020
2 334

IFFHS talqiniga ko‘ra 2020 yilning eng yaxshi darvozaboni aniqlandi

IFFHS talqiniga ko‘ra 2020 yilning eng yaxshi darvozaboni aniqlandi
Foto: Getty Images
«Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra 2020 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

34 yoshli futbolchi 320 ochko to‘plagan holda reytingning birinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. Keyingi o‘rinda «Atletiko» posboni Yan Oblak (40 ochko) qayd etilgan bo‘lsa, «Liverpul» kiperi Alisson (30) kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Shuningdek, Tibo Kurtua («Real», 15 ochko), Mark-Andre ter Shtegen («Barselona», 10), Kasper Shmeyhel («Lester», 5), Keylor Navas (PSJ, 5) va Samir Handanovich («Inter», 5) kabi darvozabonlar ham ro‘yxatdan joy olgan.

Shu tariqa Noyer ushbu sovrinni beshinchi marta qo‘lga kiritgan holda, bu borada Iker Kasilyas va Janluiji Buffonga tenglashib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Noyer 2020 yilda «Bavariya» safida Bundesliga, Germaniya Kubogi, Chempionlar Ligasi va UYeFA Superkubogida zafar quchdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » IFFHS talqiniga ko‘ra 2020 yilning eng yaxshi darvozaboni aniqlandi