09:38 / 08.12.2020
3 333

2024 yilgi Olimpiada dasturiga 4ta yo‘nalish qo‘shildi

2024 yilgi Olimpiada dasturiga 4ta yo‘nalish qo‘shildi
Parijda 2024 yilda o‘tadigan yozgi Olimpiada dasturiga skeytbording, qoyaga ko‘tarilish, serfing va breyk-dans kiritildi. Shu bilan birga, sportchilar sonini 10,5 minggacha qisqartirishga qaror qilingan.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bunday qarorni 7 dekabrdagi yig‘ilishida qabul qildi. 2024 yilgi Olimpiadada ishtirok etuvchi sportchilar kvotasini 10,5 minggacha qisqartirishga qaror qilindi.

Kvotalar eng ko‘p og‘ir atletikada qisqartirilgan. XOQning bu qarori uning Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi borasidagi jiddiy xavotiri va ushbu sport turidagi dopinglar bilan bog‘langan.

Og‘ir atletikaning 2024 yilgi Olimpiadada bo‘lishi masalasi XOQ tomonidan muntazam qayta ko‘rib chiqilmoqda”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, XOQda Xalqaro havaskorlik boksi assotsiatsiyasi tan olinishi to‘xtatilgani sababli bokschilar kvotasi ham jiddiy qisqartirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2024 yilgi Olimpiada dasturiga 4ta yo‘nalish qo‘shildi