16:36 / 12.12.2020
2 826

Elnur Abduraimov 13 dekabr kuni meksikalik yengilmas bokschiga qarshi jang qiladi

Elnur Abduraimov 13 dekabr kuni meksikalik yengilmas bokschiga qarshi jang qiladi
Foto: Instagram / @allik0
Professional boksning yengil vazn (61,2 kg) toifasida harakat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (5-0, 5 KO) o‘zining 6-jangini Toshkent vaqti bilan 13 dekabr kuni o‘tkazadi. Meksikada o‘tkaziladigan jangda Elnurga 22 yoshli Abraham Oliva (4-0, 3 KO) raqiblik qiladi.

Meksikalik Oliva hozirga qadar professional boksda 4 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 3 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Elnur esa hozirga qadar professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokaut orqali taslim qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Abduraimov so‘nggi jangini 2019 yil 18 mayda Issa Nampepechega qarshi o‘tkazib, raqibini 4-raundda nokautga uchratgan.

Oliva bo‘lsa 2020 yil 28 fevralida Xesus Emmanuel Salinasga qarshi jangda raqibini 2-raundda nokautga uchratib g‘alabani qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elnur Abduraimov 13 dekabr kuni meksikalik yengilmas bokschiga qarshi jang qiladi