
Bu haqda "Repost" nashri O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Yevropadagi rasmiy vakili Dilshod Ro‘zmetovning so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.
“Yashirmayman, AQSH klublarining Yevropadagi vakillari yaxshi takliflar bilan chiqqan. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda”, deydi Dilshod Ro‘zmetov.
Manbaga ko‘ra, gap MLS Sharqiy konferensiyasidagi yetakchilar “Filadelfiya Yunion” va “Toronto” haqida ketmoqda. Jamoalar qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirmoqchi.
"Mahachqalaning “Anji” jamoasi sobiq o‘yinchisi Dostonbek Hamdamov Rossiyadan qaytganidan keyin asta-sekin yuqori darajaga chiqib bormoqda, shu tufayli 24 yoshli vingerning narxi 900 ming yevrogacha ko‘tarildi va u kelajakda 2017 yildagi eng yuqori cho‘qqisiga qaytish ehtimoli mavjud, o‘shanda uning narxi 1 mln yevro edi”, degan O‘FA vakili.
Qayd etilishicha, Hamdamovning “sherlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy yil 31 dekabrgacha mo‘ljallangan. U MLS klublariga erkin agent sifatida o‘tishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar