2 748
Bektemir Meliqo‘ziyev Kovalyovni mag‘lub eta oladimi? Boks murabbiylari javob berdi (2-qism)
Ma’lumki, 30 yanvar kuni hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini rossiyalik boks yulduzi sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyovga qarshi o‘tkazadi. Mazkur jang yuzasidan o‘zbekistonlik boks mutaxassislarining fikr va mulohazalarini taqdim etgan edik. Ushbu voqeylikka yana ko‘plab murabbiylar o‘z munosabatini bildirdi. Biz ularning ba’zi birlarini yana e’tiboringizga havola etamiz.
Ziyoyiddin Tayg‘onboyev – murabbiy
- Yaxshi va qiziqarli jang bo‘ladi, deb o‘ylayman. Kovalyov juda kuchli va tajribali bokschi. Uni hurmat qilaman. Lekin hozirgi kunda u Bektemir Meliqo‘ziyevga bas kela oladigan salohiyatga ega deb o‘ylamayman.
Rustam Saidov – murabbiy
- Bektemir hozir eng cho‘qqiga chiqqan vaqti, qolaversa, yosh... O‘ylaymakni, uzog‘i ikkinchi yoki uchinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qozonadi. Endi, bu boks! Kovalyov ham juda tajribali hisoblanadi. Lekin u mag‘lubiyatga uchragan. Bektemir esa professional boksda o‘z yo‘lini topib bormoqda. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, u g‘alaba qozonadi!
Mansur Muqimov – murabbiy
- Bektemirni yoshligidan buyon bilaman. U o‘zgacha bokschi, tug‘ma iste’dod. Uning murabbiyi Ma’ruf Ahmedov bilan birga ishlaganimiz tufayli, uning shogirdlari va bizning bolalar o‘rtasida ko‘plab sparring janglar o‘tkazar edik. O‘shandayoq unda ulkan talant borligini namoyon qilardi. Shuningdek, murabbiyi ko‘plab musobaqalarda uning mahoratini yanada sayqallab bordi. Uning eng katta yutug‘i bilgan narsalarini ringda erkin qo‘llay oladi. Ya’ni, ringni yaxshi xis qiladi. Qolaversa, zarbasi ham juda kuchli. Kovalyov bilan jangda u bir bosh ustun. Rossiyalik bokschi unga jiddiy qarshilik ko‘rsata olmaydi, deb o‘ylayman. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, Bektemir tez orada jahonning eng kuchli bokschilaridan biriga aylanadi.
Oybek Kamolov – murabbiy
- Kovalyovni yoshini ko‘p gapirishmoqda. Lekin u 30 yoshda. Aslida, bu yoshda bokschi juda kuchga to‘lgan vaqti bo‘lish kerak. Shunday bo‘lsa-da, Bektemir g‘alabaga chanqoq va uning zarbalari juda og‘ir. Ajoyib jismoniy holatga ega. Shu omillarni hisobiga Bektemir uzog‘i 6-raundlardayoq jang taqdirini hal qilsa kerak. Albatta, bu shahsiy fikrim.
Alisher Rahimov –murabbiy
- Kovalyov bilan bitta shouda jang qilganmiz. U juda ham yaxshi saviyadagi bokschi. Uning erishgan natijalari ham bunga misol bo‘la oladi. Lekin ayni kunda u Bektemirni mag‘lub etishga qodir emas. Bu qarama-qarshilikda Bektemir shubhasiz, g‘alaba qozonadi.
Bahtiyor Mahkamov – professional boks mutaxassisi
- Bu jang to‘liq bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Raundlar o‘rtasiga borib, yakunlanadi. Albatta, Bektemir bu to‘qnashuvda g‘alaba qozonadi. Kovalyovni tajribasiga shubha yo‘q. U o‘z vaqtida jiddiy raqiblarni ham mag‘lub eta olgan. Lekin hozir u Meliqo‘ziyevni yenga oladigan holatda emas.
Nurgali Abduraimov – murabbiy
- Ushbu jangda g‘alaba qozonish uchun Bektemirda imkoniyat juda katta. U juda mahoratli va professional boksda ham uzoqqa boradi. Buni barcha anglab turibdi. Nasib qilsa, albatta g‘alaba qozonadi.
Abdumannop Ahmadaliyev - murabbiy
- Bektemir ayni kunda juda yaxshi jismoniy holatga ega. 6-raundga borib, doimgidek jigarga yo‘llagan zarbasi orqali Kovalyovni muddatidan avval mag‘lub etadi.
Ahmadbek Eshmatov
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi