22:28 / 23.12.2020
3 124

Basketbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Basketbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Bugun, 23 dekabr kuni basketbol sport turi bo‘yicha 12-13 yoshli bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston chempionati” sport musobaqasining final bosqichi yakunlandi.

Musobaqaga 2020 yil 18 dekabr kuni start berilgan bo‘lib, respublika bo‘ylab hududlar kesimida o‘tkazildi va final bosqichi Toshkent shahrida Toshkent davlat yuridik universiteti sport zalida o‘tkazildi.

Mazkur chempionatni o‘tkazishdan maqsad o‘smirlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish va basketbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirish hamda ushbu jamoani 2020 yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan “Osiyo o‘yinlari”ga tayyorlashdan iboratdir.

Chempionat g‘oliblarini taqdirlash marosimiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri – O‘zbekiston basketbol federatsiyasi prezidenti Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, Yoshlar ishlari agentligi raisi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova va boshqa mutassadi tashkilot vakillari ishtirok etib, g‘olib jamoalarga diplom hamda estalik sovg‘alarini topshirishdi.

Musobaqa yakuniga quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
3-o‘rin – Navoiy viloyati yoshlar jamoasi;
2-o‘rin – Samarqand viloyati yoshlar jamoasi;
1-o‘rin – Namangan viloyati yoshlar jamoasi.

Ma’lumot uchun: 2018 yil 2 iyun kuni adliya vaziri R.Davletov O‘zbekiston basketbol federatsiyasi prezidenti etib saylangan.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Basketbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati yakunlandi