Bugun "Paxtakor" klubida yig‘ilish bo‘ldi va unda yangi bosh murabbiy nomi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra Shota Arveladzening yordamchisi Piter Xyuistra "Paxtakor" bosh murabbiyiga aylandi.
Piter futbolchilik faoliyatida Shotlandiyaning mashhur klublaridan biri "Glazgo Reynjers" sharafini besh mavsum himoya qilgani bilan mashhur. 125 uchrashuvda raqiblar darvozasiga 22 to‘p kiritgan. Faoliyati mobaynida Piter Gollandiya, Shotlandiya, Yaponiya va Belgiya chempionatlarida jami 413 bellashuvda 78 gol urishga erishgan. Gollandiya terma jamoasida 8 o‘yinda maydonga tushgan.
Xyuistra murabbiylik ishini 2001 yil "Yong Groningen" jamoasida bosh murabbiy sifatida boshlagan. 4 yillik faoliyatidan so‘ng "Vitess", "Ayaks", "Trenchin" klublarida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan. Keyin "Yong Ayaks", "Groningen", "De Grafsxap" klublarida va Indoneziya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.
2017 yil iyun oyidan boshlab "Paxtakor"da yordamchi murabbiy bo‘lib ishlab kelayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas