18:03 / 12.01.2021
2 100

"Lokomotiv" klubi "Navbahor" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

"Lokomotiv" klubi "Navbahor" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan "Lokomotiv" o‘z safini yana bir iqtidorli futbolchi bilan to‘ldirib oldi.
Ham markaziy, ham chap qanot himoyasida bir tekis o‘ynay oladigan Xurshid Muxtorov to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng yana "temiryo‘lchilar" safiga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Xurshid Muxtorov katta futboldagi faoliyatini 2015 yil "Qo‘qon-1912" safida boshlab, keyinchalik "So‘g‘diyona"ga yo‘l olgan. U 2016 yil bir davra "Loko" sharafini himoya qilib, so‘ngra AGMKga o‘tib ketgandi.

Ushbu futbolchi 2017-2018 yillarni ham AGMK tarkibida o‘tkazib, 2019 yil "Nasaf" hamda 2020 yil "Navbahor"da faoliyat yuritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" klubi "Navbahor" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi