
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan "Lokomotiv" o‘z safini yana bir iqtidorli futbolchi bilan to‘ldirib oldi.
Ham markaziy, ham chap qanot himoyasida bir tekis o‘ynay oladigan Xurshid Muxtorov to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng yana "temiryo‘lchilar" safiga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Xurshid Muxtorov katta futboldagi faoliyatini 2015 yil "Qo‘qon-1912" safida boshlab, keyinchalik "So‘g‘diyona"ga yo‘l olgan. U 2016 yil bir davra "Loko" sharafini himoya qilib, so‘ngra AGMKga o‘tib ketgandi.
Ushbu futbolchi 2017-2018 yillarni ham AGMK tarkibida o‘tkazib, 2019 yil "Nasaf" hamda 2020 yil "Navbahor"da faoliyat yuritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar