13:36 / 13.01.2021
4 733

Shomurodov bugun gol ursa, ertaga “Yuventus” libosida uyg‘onadi

Shomurodov bugun gol ursa, ertaga “Yuventus” libosida uyg‘onadi
Bugun Italiya kubogining nimchorak finalida “Yuventus” o‘z maydonida “Jenoa” jamoasini qabul qiladi. Genuyalik muxlislar ushbu muhim uchrashuv oldidan Eldor Shomurodov borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Albatta, “Jenoa” muxlislariga Shomurodovga bugun raqib – “Yuventus” tomonidan qiziqish bo‘layotgani ta’sir qildi va bu ularning munosabatlarida ham o‘z aksini topmoqda.

An’anaga ko‘ra, e’tiboringizga genuyalik futbol ishqibozlarining muhim uchrashuvdan oldin Eldor Shomurodov haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozgan postlarini havola qilamiz.

Alessandro Di Maio:
“Yuventus” hozir avvalgidek xavfli emas. Ularga gol urish imkoni bor. Shomurodov va Destro turinliklar himoyasini yorib o‘tishiga ishonaman!

Leo Cannavino:
Boshlang‘ich tarkibda Sturaro tushishini kutyapman. “Yuventus”ga qarshi uchrashuv Sturaro uchun prinsipial ahamiyatga ega va u joriy mavsumda ularga gol urishni uddaladi. “Jenoa” hujumida Eldor Shomurodov va Mattia Destro o‘ynashini xohlayman.

Alberto Samuele:
Men Eldorga va uning gol ura olish mahoratiga ishonaman.

Angelo Briga:
Matbuot “Yuventus” doim qaysidir futbolchini transfer qilishini yozadi. Ular “Jenoa”dan Shomurodovdan tashqari, Janluka Skamakkani olishni istayotgani haqida ham xabarlar tarqatilmoqda.

Emiliano Turilli:
Afsuski, Goran Pandev o‘ynamaydi. Bunaqa bellashuvda uning tajribasi qo‘l kelishi mumkin edi. Shomurodov ham barqaror o‘ynashi kerak. Asosiy umidimiz so‘nggi oltita uchrashuvda beshta gol urgan Destroga qaratilgan.

Giovanni Berutti:
Kubok o‘yinida jamoa o‘zgacha ishtiyoq bilan to‘p suradi, deb o‘ylayman. Chunki bu biz uchun joriy mavsumda nimagadir erishishimiz mumkin bo‘lgan yagona musobaqa. Shuningdek, Shomurodov va Skamakka “Yuventus”ning e’tiboriga tushgan va ular bugungi bahsda o‘zini ko‘rsatishi shart.

Lorenzo Baldini:
O‘tgan uchrashuvda “Yuventus”ga ancha vaqt jiddiy qarshilik ko‘rsatdik. Hozir Ballardini boshchiligida avvalgidan yaxshiroq o‘ynay olamiz. Jamoa kuchaygani rost. Shuningdek, jamoamiz hujumida ajoyib tandem – Shomurodov va Destro to‘p tepmoqda.

Sergio Divano:
Agar bugun Shomurodov gol ursa, ertaga “Yuventus” futbolchisi sifatida uyg‘onadi!

maxresdefault_22
Italiya kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan “Yuventus” – “Jenoa” uchrashuvi Turin shahrida tashkil etiladi. Genuyaliklar bu bosqichga yetib kelgunga qadar, ikkita bellashuv o‘tkazib, ularda “Katandzaro”ni 2:1 va “Sampdoriya”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Yuventus” futbolchilari esa ushbu musobaqani 1/8 finaldan boshlagani bois, ilk uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi 00:45 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov bugun gol ursa, ertaga “Yuventus” libosida uyg‘onadi