17:06 / 15.01.2021
2 026

Piter Xyuistra «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Piter Xyuistra «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlandi
Gollandiyalik mutaxassis «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shu kungacha jamoamizda yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan gollandiyalik mutaxassis Piter Xyuistra endi «Paxtakor» bosh murabbiyiga aylandi. U Shota Arveladze bilan murabbiylar shtabida birga faoliyat yuritib kelayotgandi. Oxirgi yillarda shakllantirilgan hujumkor, chiroyli va muxlislarga ma’qul keladigan futbol falsafasiga asoslangan o‘yin uslubini yanada yaxshilab borishga urinish shu tariqa davom ettiriladi.

Piter futbolchilik faoliyatida Shotlandiyaning mashhur klublaridan biri «Glazgo Reynjers» sharafini besh mavsum himoya qilib, besh marta chempionlikka erishgani bilan mashhur. Shuningdek, Piter «Groningen», «Vendam», «Tvente», «Sanfrechche Xirosima», «Lers» va «Rozendal» kabi klublarda o‘yngan. Gollandiya, Shotlandiya, Yaponiya va Belgiya chempionatlarida jami 413 bellashuvda 78 gol urishga erishgan. Gollandiya terma jamoasi tarkibida 1988-91 yillarda 8 o‘yinda maydonga tushgan.

Xyuistra murabbiylik ishini 2001 yil «Groningen» yoshlar jamoasida bosh murabbiy sifatida boshlagan. 4 yillik faoliyatidan so‘ng «Vitess» va «Ayaks» klublarida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan. Keyin «Ayaks» yoshlar jamoasi, «Groningen», «De Graafsxap» klublarida va Indoneziya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.

2017 yil iyun oyidan boshlab «Paxtakor»da yordamchi murabbiy sifatida ishlab keldi va jamoa g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shdi. Endilikda Piter bosh murabbiy lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlandi