“Ufa”da Oston O‘runovga ustozlik qilgan va hamyurtimiz Rossiya futboliga moslashishida katta yordam bergan Vadim Yevseyev “Sport Ekspress” nashriga intervyu berib, o‘zbek futbolchisi jamoadan joy olish uchun qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tgani haqida gapirdi. Tajribali murabbiy vaqti kelib, Oston O‘runov bor mahoratini ko‘rsata olishiga ishonch bildirmoqda.
“Ufa”ning sobiq bosh murabbiyi Vadim Yevseyev intervyusining Oston O‘runovga tegishli qismini tarjima qilgan holda e’tiboringizga havola qilamiz.
- Siz Oston O‘runovni juda yaxshi bilasiz. Unga “Ufa”da ustozlik qilgansiz. U “Spartak”da yana sabr qilishi kerakmi yoki u hali Moskva klubida o‘ynash va bu jamoaning ashaddiy muxlislari bosimiga dosh berishga tayyor emasmi?
- Avvalo, Oston endigina 20 ga to‘lganini unutmang! Har kim ham bu yoshda yangi jamoaga osonlikcha ko‘nika olmaydi. O‘runov bizning chempionatda o‘ynay boshlaganiga hali bir yil ham bo‘lmadi. Unga vaqt va murabbiy ishonchi kerak. Ko‘p narsa shunga bog‘liq. Lekin “Spartak”day jamoada har qanday murabbiydan hozirning o‘zida natija talab qilinadi.
Ostonning salohiyati juda yuqori. Jismoniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yetuk futbolchilardan qolishmaydi. Masalan, uning jismoniy ko‘rsatkichlari Nikola Vlashichniki bilan bir xil. Hatto tana mushaklari hajmi ham o‘xshash.
O‘runovda tezkor dribling, maydonni ko‘ra olish qobiliyati, kuchli zarba – nimaiki kerak bo‘lsa hammasi bor. Hozir biz SSKAga kelgunga qadar, o‘z davrida “Everton”da o‘ynagan va ayni paytda Xorvatiya terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan birini O‘zbekiston chempionatidan kelgan yosh futbolchi bilan solishtiryapmiz. Ularning yoshida ham farq bor. Nikola Vlashich chempionatimizga yetuk charm to‘p ustasi sifatida kelgan. O‘runov esa faoliyatini endi boshlayapti. Balki, Oston yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga ketgani ma’quldir.
“Spartak”ga o‘tishidan oldin unga SSKA jiddiy da’vogarlik qilganini aniq bilaman. Aslida Oston “Ufa”ga SSKA o‘tgan yilning yanvarida unga viza olib berolmaganidan keyin kelgan edi. Bundan tashqari, o‘zbek futbolchisini “Rubin” ham olishni qattiq istagan. O‘tgan yilning avgustida “Rubin” bilan o‘ynaganimizda, qozonliklar bosh murabbiyi Leonid Slutskiy mendan O‘runov haqida batafsil ma’lumotlarni so‘rab oldi.
- O‘runovning mentaliteti jiddiy klublarda o‘ynash talabiga javob beradimi?
- U oddiy, kamtar yigit. Jizzaki emas. O‘zini ko‘rsatishni yoqtirmaydi.
- Ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan brend mahsulotlar ko‘z-ko‘z qilingan mashhur suratlarchi?
- Shunday bo‘lgan, nima qilibdi? Masalan, menga uning mashg‘ulotlarda nimalar qilgani muhimroq. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘yinni o‘ziga olishdan, boshqalarni aldab o‘tishdan cho‘chimas edi. Jamoadagi yoshi katta futbolchilarning bundan jahli chiqib, unga qo‘pollik qilishardi. Lekin u biror marta og‘riqni ko‘rsatmagan, tajovuzkorlik qilmagan.
O‘runov og‘riqlarga chidamli, irodali yigit. Men uning kelajagi porloq ekaniga ishonaman. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas