Foto: Getty Images
Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Dastin Pore 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasida Konor Makgregorni mag‘lubiyatga uchratdi va jangdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Konor mag‘lubiyatni qabul qilgani hurmatga loyiq. Bu ajoyib g‘alaba bo‘ldi, biroq biz bundan ham kattaroq narsa uchun jang qildik.
Endi uyga qaytaman va o‘z xayriya fondim bilan shug‘ullanaman. Yaxshi jang o‘tkazdim. Asosiy maqsad urishish emas, zarbalarni aniq yo‘llash edi. Konor kutilmagan zarbalar berishda yaxshiroq bo‘lishini bilgandim, ammo bundan o‘ta oldim.
Men uchun bu chempionlik jangi edi. Agar Habib qaytmaydigan bo‘lsa, biz — Konor ikkimiz eng kuchlilarmiz. Shunday ekan, men chempionman», — deydi Pore.
Eslatib o‘tamiz, bu Pore va Makgregor o‘rtasidagi ikkinchi jang bo‘ldi. 2014 yilda Konor raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas