08:23 / 26.01.2021
936

Mahmud Murodov UFC 257 dagi g‘alabasi haqida: «Jangdan avval o‘zimni yaxshi his qilmayotgandim»

Mahmud Murodov UFC 257 dagi g‘alabasi haqida: «Jangdan avval o‘zimni yaxshi his qilmayotgandim»
Foto: UFC
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-6) 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Bilmadim, biroq men o‘zimni yaxshi his qilmayotgandim. Tiklanish jarayoni yaxshi o‘tdi, biroq hech qanaqasiga ochila olmadim. Menimcha bu ob-havo sharoitining o‘zgarishi bilan bog‘liq. O‘zimni qulay his qila olmadim, biroq shukurlar bo‘lsinki, g‘alaba qozondim.

Uch marta qisqa muddat ichida tayyorgarlik ko‘rib, uchta g‘alabaga erishdim. Zaxiradan chiqdim va uch g‘alaba — bundan nolimayman. Bu g‘alaba bizning mamlakat va bizning yoshlar uchun juda muhim.

Olg‘a yurishda davom etamiz. Adashmasam, menga bir oy ta’til berishdi. Bir oydan keyin kimnidir almashtirish kerak bo‘lsa, men tayyorman (kuladi).

Endi biroz muddat dam olmoqchiman, vaqtimni oilam va qizim bilan o‘tkazish niyatidaman. Keyin esa O‘zbekistonga uchib ketaman. U yerda o‘ylab qo‘ygan rejalarimni amalga oshiraman: bolalar uchun akademiya qurmoqchimiz. Bu mutlaqo tekin bo‘ladi. Mamlakatda MMA’ni rivojlantiramiz. Chunki bizda hukumat tomonidan juda katta qo‘llab-quvvatlash bor. Yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun bu imkoniyatdan foydalanish zarur
", - dedi Mahmud Murodov.

Murodov UFC 257 musobaqasining asosiy kardida amerikalik Endryu Sanchesga (12-6) qarshi jang qildi va uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, Murodov ishtirokida oktabr oyida bo‘lib o‘tishi belgilangan ikkita jang bekor bo‘lgandi. Avvaliga Kshishtof Yotko jarohat sabab safdan chiqqandi. Keyinchalik Murodov koronavirus sabab Kevin Holandga qarshi jang qilolmagandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)