Foto: Getty Images
UFC sobiq chempioni Jorj Sen-Per ikki vazn toifasida promoushen sobiq chempioni Konor Makgregor va Dastin Pore o‘rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
UFC 257 musobaqasining asosiy jangida amerikalik yakkakurashchi raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratib, g‘alabaga erishdi.
«Konor g‘alaba qozonadi deb o‘ylagandim, biroq adashgan ekanman. Juda hayron qoldim. O‘ylashimcha, Konorning kuchli tomonlaridan biri shundaki, uning raqib qarshisida turishiyoq ko‘plab jangchilarni qo‘rquvga soladi. Ko‘plab yakkakurashchilar Konorning gaplari va o‘zini tutishidan bosimga uchrab, sinib qoladi, Pore esa bunga dosh bera oldi. Bu uning naqadar yaxshi ekanligiga yana bir isbot.
Endi Makgregor qay tariqa qaytishini ko‘rish qiziqarli. U bu mag‘lubiyatdan nari keta olishiga ishonaman. U muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘lgan jihatlarini o‘zgartirish kerak», — deydi Sen-Per. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Konor Makgregor: «Tez orada qaytaman, 2021 yilda meni yana ko‘rasiz»

Dastin Pore: «Habib qaytmaydigan bo‘lsa, u holda men chempionman»

Habib Konorning mag‘lubiyatiga izoh berdi

Dastin Pore 2-raunddayoq Konor Makgregorni dahshatli nokautga uchratdi (video)

Dastin Pore: «Men Konordan kuchliman, buni jangda ko‘rasiz»

Konor Makgregorning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi