22:22 / 27.01.2021
1 638

Azizbek Turg‘unboyev "Paxtakor"ga o‘tmoqda. Buning sababi bor

Azizbek Turg‘unboyev "Paxtakor"ga o‘tmoqda. Buning sababi bor
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboyev faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. Eshitishimizga qaraganda, Turg‘unboyev Toshkentning "Paxtakor" klubiga transfer qilinadi. Yarim himoyachining "Navbahor" bilan 2023 yil oxirigacha shartnomasi bor va "Sherlar" uni sotib olishmoqchi.

Transferdan tushgan pullarni Namangan klubi sobiq murabbiylar oldidagi qarzlarni to‘lashga sarflaydi. "Navbahor"ning rossiyalik Aleksey Belenkov va Andrey Kanchelskis oldida qarzlari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, "Sherlar" 2019 yil avvalida ham Azizbek Turg‘unboyevni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan. Biroq bu o‘tish amalga oshmagan va yakunda futbolchining o‘zi, Ilhom Mo‘minjonov va Ja’far Irismetov ma’lum muddatga futboldan chetlatilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Azizbek Turg‘unboyev "Paxtakor"ga o‘tmoqda. Buning sababi bor