2-3 fevral kunlari futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Argentina bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuvlar "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
"Sport" telekanali o‘yindan oldin ushbu bahslarga oid lavha tayyorladi. Unda O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov Argentina bilan o‘yinlar qanchaga tushayotgani borasida ma’lumot berdi.
- Boshida agentlik bizga aytganida, ular o‘zlari yurtimizga uchib kelmoqchi edi. Lekin nima uchundir agentlik bu borada faollik ko‘rsatmadi. Ya’ni, avval Argentina O‘zbekistonga keladi va ular so‘ragan 20 ming dollar berilishi kerak edi. Biz rozi bo‘ldik. Keyin Argentina bilan rasmiy ravishda yozishganimizda bilsak, firma bilan Janubiy Amerika vakili o‘rtasida bunaqa muzokara deyarli bo‘lmagan ekan. So‘ng, o‘zimiz bu masalani boshqatdan o‘rgandik.
Argentina tomoni chiptalarni olib berishimizni, mehmonxona, tashkilotchilik (jamoalarga avtobus, volontyorlik...) hamda terma jamoamizga ketadigan xarajatlarni qo‘shib aytganda, 1 milliard so‘mga yaqin pul ketmoqda. O‘ylaymanki, bu qilinayotgan ishlar terma jamoamiz va muxlislar uchun yangilik bo‘ladi. Bunaqa o‘yinlar jamoamiz yaxshi tayyorgarlik ko‘rishida katta hissa qo‘shadi, - dedi Aziz Haydarov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi