Terma jamoaning noyabr oyidagi yig‘ini yakuniga yetganidan keyin maqola yozgandim. Unda muxlislar noroziligiga sabab bo‘lgan holat — "Bunyodkor"ning bir necha nafar vakili muntazam chaqiruv olayotgani va o‘rtoqlik uchrashuvlarida doimiy ravishda o‘ynayotgani haqida gap borgan.
O‘shanda meni "xaypchilik"da ayblashdi. Bir necha soat oldin O‘zbekiston milliy terma jamoasining Dubayda o‘tkaziladigan (8-18 fevral kunlari) navbatdagi yig‘inida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Va men yana o‘sha mavzuni tilga olishga majbur bo‘lyapman. Istang "xaypchilik"ka yo‘ying, istang...
Xullas, oldin ham aytganimdek, menda Qodirqulov, Qobilov va To‘rayevga nisbatan hech qanday e’tiroz yo‘q, bo‘lmagan ham. Mamlakatimiz bosh jamoasi uchun o‘ynayotgan, maydonda kurashayotgan mazkur futbolchilarga rahmat aytamiz. Bu gal "Bunyodkor"ning 22 yoshli forvardi Mirjahon Mirahmadov ham qaydnomadan o‘rin olibdi. Unga ham tashakkur. Lekin, shu o‘rinda Vadim Karlenovich manziliga bir haqli savol tug‘iladi: Mirjahonga terma jamoada nima bor?!
Odatda murabbiylar o‘rtoqlik o‘yinlaridan 2 xil maqsadda foydalanishadi:
1. Mavjud rezervning salohiyatini ko‘rib olish, sinovdan o‘tkazish;
2. Agar jamoaning qolipi yaratilgan bo‘lsa, o‘yin uslubi va chiziqlar o‘rtasidagi bog‘lamlarni shakllantirish.
Savol:
1. Abramov 2 yil davomida qo‘l ostida o‘ynagan "Bunyodkor" hujumchisining nimalarga qodirligini bilmaydimi?
2. 2017 yildan beri Superligada atigi 11 ta gol urgan markaziy hujumchi terma jamoa libosini kiyishga munosibmi?
3. Kimdir aytishi mumkin: o‘rtoqlik o‘yini-ku, shunchaki sinab ko‘ryapti. Lekin, bu o‘ringa O‘zbekiston chempionatining o‘tgan mavsumida 12 ta gol urgan Shohruz Norxonov yoki 17 gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rinni egallagan Bobir Abdixoliqov munosibroq emasmi?
FAKT: "Bunyodkor" tarkibiga mavsumning o‘rtasida kelib qo‘shilgan Xurshid G‘iyosov yil oxiriga qadar 8 ta gol urdi. U yarim himoyachi hisoblanadi. Ma’lumot uchun, G‘iyosov terma jamoadan chaqiruv olmadi.
Murabbiylarga har doim hamma joyda e’tirozlar bo‘lgan va bo‘laveradi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak. Ular bizdan ko‘proq narsani bilishadi. Umid qilamizki, terma jamoamiz ustozi tez orada yuqoridagi savollarga javob berib ketadi.
Darvoqe, Mirjahon Mirahmadov ham oldin gapirganimiz Yuriy Belousning mijozi hisoblanadi. Omon bo‘ling!
Faxriddin Ro‘ziyev, O‘zJOKU talabasi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi