21:44 / 11.02.2021
1 643

Habib: «Kamardan voz kechsam, bosim kamayadi. Biroq Konor va Getjining g‘alabalari meni barchaga eslatib turadi»

Habib: «Kamardan voz kechsam, bosim kamayadi. Biroq Konor va Getjining g‘alabalari meni barchaga eslatib turadi»
Foto: Getty Images
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov chempionlik kamaridan voz kechishi haqidagi savollarga javob berdi.

— Faoliyatingiz va Deyna Uayt haqidagi savollar ruhiy jihatdan bosim o‘tkazishni boshlamoqda. UFC kamaridan voz kechish bu bosimni yengillashtiradimi?
— Albatta, shunday. Ancha yengil tortaman. Kurashaverishsin, unvon uchun jang belgilansin, nomzodlar ham jang qilsin. U yerda hali ham mening «odamlarim» bor — Dos Anos, Jastin Getji, Konor Makgregor. Ularning g‘alabalari meni eslatib turadi. U yerda odamlarimni qoldirganman, ular mening nomim uchun ishlashsin.

— Ammo Deyna uchun eshiklar ochiq qolaveradimi?»
— Eshik har doim ochiq bo‘ladi. O‘ylashimcha, bu savolsiz birorta ham matbuot anjumani o‘tkazmasam kerak. Bu haqida hali ko‘p gapiriladi. Marvin Hayglerning misolida oladigan bo‘lsak, faoliyatidagi so‘nggi jangdan so‘ng ham odamlar uzoq yillar davomida undan qaytish, qaytmasligi haqida so‘rayvergan. Bungacha u 12 marta kamarini himoya qilgandi. Shu darajadagi jangchi to‘satdan ketgandi. 10 yil o‘tgach ham, hamma unga shu savolni berishda davom etdi. Menda ham shunday bo‘ladi va buni tushunaman. O‘ylaymanki, 40 yoshimda ham mendan shu haqida so‘rashadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan UFC 254 asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib: «Kamardan voz kechsam, bosim kamayadi. Biroq Konor va Getjining g‘alabalari meni barchaga eslatib turadi»