Hamid Aktamov: "Bu yil "Qizilqum" boshqa jamoalarga syurpriz tayyorlab qo‘ygan"

Xabaringiz bor, yaqindagina Coca Cola Superliganing joriy mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan so‘ng "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamid Aktamov saytimizga fikrlarini bildirdi.
"Qur’a haqida nima ham deyishim mumkin? Mavsum davomida barcha jamoalar bilan o‘ynab chiqishimizga to‘g‘ri keladi. Yilni o‘z maydonimizdagi o‘yin bilan boshlashimiz yaxshi albatta. Qur’ani ko‘zi ko‘r deb bejiz aytilmagan.
Joriy mavsumga har yilgiga qaraganda boshqacha tayyorgarlik ko‘rdik. Boshqa jamoalarga ko‘rsatadigan syurprizlarimiz ko‘p", - deydi Hamid Aktamov.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, navoiyliklar ilk turda o‘z maydonida "Andijon" jamoasini qabul qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Qur’a haqida nima ham deyishim mumkin? Mavsum davomida barcha jamoalar bilan o‘ynab chiqishimizga to‘g‘ri keladi. Yilni o‘z maydonimizdagi o‘yin bilan boshlashimiz yaxshi albatta. Qur’ani ko‘zi ko‘r deb bejiz aytilmagan.
Joriy mavsumga har yilgiga qaraganda boshqacha tayyorgarlik ko‘rdik. Boshqa jamoalarga ko‘rsatadigan syurprizlarimiz ko‘p", - deydi Hamid Aktamov.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, navoiyliklar ilk turda o‘z maydonida "Andijon" jamoasini qabul qiladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…