19:14 / 26.02.2021
1 696

O‘runovni “Spartak”da Tedesko “sindirgani" rostmi?

O‘runovni “Spartak”da Tedesko “sindirgani" rostmi?
Yozgi transferlar mavsumida Oston O‘runovning “Ufa”dan “Spartak”ga o‘tgani sport jamoatchiligida qanchalar keng muhokama qilingan bo‘lsa, yarim mavsumdan so‘ng, o‘zbekistonlik yarim himoyachining Moskvadan Ufaga qaytgani ham muxlisu mutaxassislar e’tibor markazida turibdi.

Premer-ligadagi joyini saqlab qolishga intilayotgan “Ufa”ning Oston O‘runovni o‘z safiga qo‘shib olgani ufaliklarning qishki transferlar mavsumidagi asosiy yutug‘i sifatida baholanmoqda. Bu transfer bo‘yicha uch nafar mutaxassisning munosabatini e’tiboringizga havola qilamiz.

Rinat Bilyaletdinov, “Rubin” sobiq bosh murabbiyi:

O‘runov “Spartak”da bosh murabbiy Domeniko Tedeskoga to‘g‘ri kelmadi. Oston har qanday jamoada ham o‘ynab ketaveradigan futbolchilar toifasiga kirmaydi. U “Rubin”dagi Xvicha Kvaratsxeliya kabi o‘ziga xos futbol namoyish qiladi. Oston o‘z o‘yinini muxlislarga ko‘rsatib, ularni o‘ziga o‘rgatib qo‘yadi, lekin uning o‘yin uslubini takrorlay oladiganlar juda kamchilik.

Kvaratsxeliyaga ham jiddiy qarash boshlandi. U o‘yin uslubini tez o‘zgartiradi, jarima ishlaydi, kutilmagan qarorlar qabul qiladi.

Shuningdek, Oston O‘runovning ham driblinglarini raqiblar jiddiy o‘rganib chiqqan va unga qarshi qo‘llanadigan usullarni ham. Balki, O‘runov “Ufa”da o‘ynaganida raqiblar tomonidan bu jamoaning imkoniyatlari kabi futbolchining uslubiga yetarli darajada e’tibor qaratilmagandir. Lekin “Spartak” boshqa darajadagi klub.

Konstantin Genich, sobiq futbolchi va taniqli sharhlovchi:

Bu jarayonda futbolchi “Spartak”ga Shamil Gazizov ortidan o‘tganini to‘g‘ri tushunish kerak. Gazizov “Spartak” xo‘jayini Leonid Fedunni bu biznes loyihaga ishontirgan. “Spartak” O‘runov uchun sarflagan mablag‘ miqdori, umuman, bu transfer oddiy kelishuv. Kelajakda klub O‘runov transferi orqali ko‘proq pul ishlab olishi mumkin edi.

“Ufa”dagi yarim mavsumdan keyin futbolchining o‘zi yangi chaqiruvga, “Spartak” darajasida o‘ynashga tayyorligi yoki bunga erta bo‘lgani boshqa masala. Ostonga “Ufa”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Vadim Yevseyev va Shamil Gazizov yuqori baho berdi va hamon unga ishonishmoqda. Shamil uning transferi o‘zini oqlashiga umid qilgan.

O‘runov yaxshi sifatlarini, tezkorlik va driblinglarini namoyish qildi. Bir so‘z bilan aytganda, kuchli futbolchi. Unga Shamil Gazizov ishonadi va aynan “Ufa”ga qaytgani ham bejiz emas. Ostonga “Rubin” ham xaridor edi.

Vladimir Sogniyenko, Okko onlayn-kinoteatri sport translyatsiyalari bosh muharriri:

Oston O‘runov “Ufa”da o‘ynagan. U jamoa yetakchisi sifatida to‘p tepgan. Hozir qanday formadaligini bilish qiyin. “Spartak”dagi vaziyat uni sindirdimi? Yo‘q, bunday emas, bunaqa holatlar ko‘p uchraydi. “Ufa”da u yana o‘zini ko‘rsata oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘runovni “Spartak”da Tedesko “sindirgani" rostmi?