12:42 / 27.02.2021
2 921

Shahobiddin Zoirov Hasanboy Do‘smatovni mag‘lub etgan hindistonlik bokschi haqida: Amit Pangal men uchun bokschi emas

Shahobiddin Zoirov Hasanboy Do‘smatovni mag‘lub etgan hindistonlik bokschi haqida: Amit Pangal men uchun bokschi emas
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi g‘olibi va Jahon chempioni Shahobiddin Zoirov Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun Iordaniyadagi musobaqa haqida fikr bildirar ekan, o‘z vazn toifasidagi raqiblaridan biri hindistonlik Amit Pangal borasida gapirdi.

2020 yilning bahorida o‘tkazilgan litsenzion musobaqada Zoirov va Amit yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatgandi. Shundan keyin hindistonlik bokschi o‘z intervyularining birida Shahobiddin va o‘zining mag‘lubiyatiga litsenziya qo‘lga kiritilgandan keyingi xotirjamlik sabab bo‘lgani haqida aytgandi.

- "Bir sabab bordir, men yutqazdim. Hamma bokschi yutqazadi-ku. Jahon chempionatida Amit menga yutqazadi deb kim ham o‘ylagandi? Hamma uni chempion bo‘ladi deb o‘ylagandi.

Biroq men uni yutishimni bilgandim va bundan keyin ham yutaman. Amit men uchun bokschi emas. Bu gapni o‘ziga ham aytaman
", - deydi Shahobiddin Zoirov.

Eslatib o‘tamiz, Zoirov Iordaniyadagi musobaqada tailandlik Titisan Panmotga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

2019 yil Rossiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida Zoirov finalda Amitni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Amit Pangal mutlaq yengil vazn toifasining yetakchilaridan biri hisoblanadi. U 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida finalda o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatovni mag‘lub etgan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, 2019 yilda Osiyo chempionligini ham qo‘lga kiritgan.

Zoirov Bolgariyada o‘tgan Stranja—2021 musobaqasi yarim finalida Hindiston vakili Dipak Kumarga yutqazib qo‘ydi. Biroq bu gaplarni bokschi jangdan ancha avval aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahobiddin Zoirov Hasanboy Do‘smatovni mag‘lub etgan hindistonlik bokschi haqida: Amit Pangal men uchun bokschi emas