
OFK rasmiy sayti mart oyida o‘tishi kerak bo‘lgan JCH-2022 saralashi doirasidagi o‘yinlar iyun oyida markazlashgan holda o‘tishini e’lon qildi.
Oldinroq Saudiya Arabistoni mart oyida Yaman bilan o‘ynashi e’lon qilingan edi. Biroq OFK sayti xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni bu oyda Falastin bilan o‘ynaydi.
Mart oyida faqatgina quyidagi uch uchrashuv bo‘lib o‘tadi:
30 mart Saudiya Arabistoni - Falastin (Ar Riyod, Saudiya Arabistoni)
25 mart Tojikiston - Mo‘g‘uliston (Dushanbe, Tojikiston)
30 mart Mo‘g‘uliston - Yaponiya (Chiba, Yaponiya)
Qolgan uchrashuvlar esa 2021 yil 31 maydan 15 iyuniga qadar markazlashgan holda o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar