
Bugun Italiya A Seriyasida 27-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Jenoa” o‘z maydonida “Udineze”ni qabul qiladi.
“Jenoa” – “Udineze” jamoalari bahsi Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi. Ushbu o‘yinni Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, “Jenoa” hozircha 27 ochko jamg‘argan holda A Seriya musobaqa jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. Genuyaliklarning bugungi raqibi “Udineze” esa 11-o‘rinni egallab turibdi va ular hisobida 31 ochko mavjud. Shundan ko‘rinib turibdiki, agar “Jenoa” ushbu bellashuvda g‘alaba qozonsa, “Udineze” bilan farqni 1 ochkoga yetkazadi va turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilish uchun yanada yaxshi imkoniyat hosil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar