Kecha Viktor Jalilov “Navbahor”ga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Klub matbuot xizmati No‘’mon Hasanov bilan Drajen Dukichning rasman iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi. Jumladan, klub matbuot xizmati bu borada shunday yozadi:
No‘’mon Hasanov “Navbahor” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Hasanov jamoamizda o‘tgan yilning avgustidan yordamchi - murabbiy sifatida ish boshlab, Andrey Kanchelskis iste’foga chiqarilganidan so‘ng, Superliganing 19-turidan bosh murabbiy lavozimida ish boshlagandi.
No‘’mon Hasanovning qo‘l ostida jamoamiz Coca Cola Superliga bahslarida 10 ta o‘yin o‘tkazib (2020 yilning 14-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”ga qarshi kechgan bahsda ham jamoani maydonga Hasanov olib tushgandi), 3 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, 4 ta o‘yinda durangga erishdi va 3 ta bahsda imkoniyatni boy berdi. To‘plar nisbati esa 8-9 ga tashkil etdi.
Qolaversa, O‘zbekiston Kubogi bahslarida No‘’mon Hasanov boshchiligida “Navbahor” 2 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta g‘alaba hamda 1 ta mag‘lubiyatni qayd etgan holda chorak finaldan so‘ng, musobaqani tark etgandi.
Shuningdek, No‘’mon Hasanov bilan birgalikda jamoamiz murabbiylar shtabidagi serbiyalik mutaxassis Drajen Dukich ham iste’foga chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar